FIFA Tartib-intizom qo'mitasi AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning JCh-2026 1/16 finalidan o'rin olgan Bosniya va Gertsegovinaga (2:0) qarshi bahsdagi qizil kartochkasi uchun berilgan bir o'yinlik diskvalifikatsiyasini vaqtincha to'xtatdi. Shu tariqa, u JCh-2026 1/8 finali doirasida Belgiya milliy jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda ishtirok eta oladigan bo'ldi.

«Intizom kodeksining 27-moddasiga muvofiq, AQSh terma jamoasi futbolchisi Folarin Balogunning avtomatik diskvalifikatsiyasini ijro etish bir yillik sinov muddatiga to'xtatildi», — deyiladi FIFA rasmiy saytida berilgan xabarda.

Avvalroq matbuotda amerikalik hujumchi bosniyalik Tarik Muxaremovichning to'pig'ini bosib olgani uchun bir nechta o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: Stadion.uz