AQSh Prezidenti Eronning JCh-2026dagi ishtiroki haqida: «Ularning kelishidan xursandmiz, lekin...»

AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron terma jamoasining JCh-2026dagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
«Eron terma jamoasini jahon chempionatida ko'rishdan mamnunmiz, biroq ularning u erda bo'lishi o'z hayoti va xavfsizligi nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiq deb hisoblamayman. Ushbu masalaga e'tibor qaratganingiz uchun tashakkur!» – deb yozdi Tramp.
JCh-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.