AQSh hukumati JCh-2026 vaqtida ommaviy hibsga olishlar bo'lmasligiga va'da berdi

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi(ICE) 2026-yilgi jahon chempionati o'yinlarida tartibni saqlash uchun Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati xodimlarini jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda vazirlik rahbari Markueyn Mallin CBC telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“ICE har doim immigratsiya qonunchiligi ijrosini nazorat qiladi, lekin biz u erda faqat shu maqsadda bo'lmaymiz. Ommaviy hibsga olishlar bilan shug'ullanmoqchi emasmiz, ammo mamlakatda bo'lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarni doimiy qidirishda davom etamiz”, dedi Mallin.
Avvalroq NBC News nashri o'z manbalariga tayanib, Ichki xavfsizlik vazirligi mahalliy politsiya va federal xizmatlarga futbol uchrashuvlari o'tadigan hududlarda tartibni saqlash uchun ICE xodimlaridan foydalanishni taklif qilgani haqida xabar bergan edi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ushbu xizmat xodimlari muxlislar yoki stadion ishchilarining immigratsiya maqomini tekshirish bilan shug'ullanmaydi. Ularning asosiy vazifasi umumiy jamoat tartibini saqlashda mahalliy huquq-tartibot organlariga yordam berishdan iborat bo'ladi.