APLning uchta top-klubi Reshfordni «Manchester Yunayted»dan sotib olmoqchi

APLning uchta top-klubi «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
The i Paper nashrining xabariga ko'ra, «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenxem» vakillari «qizil iblislar» hujumchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. U shu yozda «Old Trafford»ni tark etishi mumkin.
«Barselona» Reshfordning shartnomasidagi sotib olish optsiyasidan foydalanmaganiga qaramay, ingliz futbolchisi Maykl Kerrik jamoasida qolmoqchi emas. Biroq «MYu» uni o'z raqiblariga sotishni rejalashtirmayapti.
2025/26 yilgi mavsumda Markus «Barselona» tarkibida barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar