APLning uchta klubi Fatini nishonga oldi

OAV ma'lumotiga ko'ra, APLning birdaniga uchta klubi "Monako"da ijara asosida to'p tepayotgan "Barselona" vingeri Ansu Fatini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Futbolchiga "Nyukasl", "Kristal Pelas" va "Everton" klublari qiziqmoqda. Qayd etilishicha, monakoliklar Fatini 11 mln evroga sotib olishi mumkin. Shuningdek, "Barselona" 28 mln evro evaziga ispaniyalik vingerni ortga qaytarish imkoniyatiga ega.
Ansu Fati joriy mavsum "Monako" safida 5 ta o'yin o'tkazdi. Ularda futbolchi oltita gol urdi.