APLning ikki top klubi "Real"ning transfer rejasini barbod qilmoqchi

Bir vaqtning o'zida Angliya Premer-ligasining ikki vakili "Komo" yarim himoyachisi Nikolas Pasni nishonga oldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Arsenal" va "Chelsi" argentinalik yarim himoyachini Madridning "Real" klubiga qaytish imkoniyatidan voz kechishga ko'ndirmoqchi. Ta'kidlanishicha, Pasning o'zi Premer-liga klublaridan biriga o'tishni afzal ko'rishi mumkin, chunki hozirda "Real"da uning pozitsiyasida juda ko'p kuchli futbolchilar bor.
Joriy mavsumda 21 yoshli Pas Italiya A Seriyasi doirasida 7 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Yarim himoyachining Transfermarkt portalidagi narxi 55 million evroga baholanmoqda.