APLning ikki top-klubi «Real»ning etakchi yarim himoyachisiga qiziqmoqda

APLning ikki etakchi klubi Madridning «Real» jamoasi yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda.
CaughtOffside nashri manbalariga ko'ra, «Manchester Yunayted» va «Liverpul» vakillari Orelen Tchuameni atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Qayd etilishicha, 26 yoshli frantsuz futbolchisining «Real»dagi kelajagi hozircha noaniq bo'lib qolmoqda. Bunga sabab — kelasi mavsumda «qaymoqranglar»ni kim boshqarishi hali aniq emasligi.
Ushbu mavsumda Orelen Tchuameni «Real» safida barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, uning bozordagi transfer qiymati 75 million evro deb baholanmoqda.
Manba: ua-football.com