APLning ikki klubi «PSJ» futbolchisini nishonga oldi

«PSJ» himoyachisi Emmanuel Mbemba faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda BBC Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Bornmut» klubi «PSJ»ning 18 yoshli futbolchisi uchun kechayotgan kurashda «Arsenal»ga sherik bo'lgan. Shu yozda Mbemba parijliklar lagerini erkin agent maqomida tark etadi.
Ta'kidlanishicha, «Arsenal»ning taklifi himoyachida katta taassurot qoldirgan, biroq «Bornmut» ham unga arziguli taklif yuborgan.
Yakunlangan mavsumda Mbemba «PSJ» yoshlar jamoasi tarkibida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra «Arsenal» Angliya chempioniga aylangan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar