Frantsiyaning "Anje" klubi markaziy hujumchisi Sidiqiy Sherif Angliya premer-ligasi klublari radariga tushib qoldi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, hujumchi uchun "Nyukasl" va "Sanderlend" o'rtasida katta "jang" kutilmoqda. Ikkala klub ham ma'lum vaqtdan beri asta-sekin Frantsiya chempionatining eng qiziqarli yosh o'yinchilaridan biriga aylanib borayotgan Sherifni o'rganmoqda. Ayni damda Sherifning narxi 25 million evroga baholanmoqda.

Bu yilgi Liga 1 musobaqasida forvard 12 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 18 yoshli futbolchining "Anje" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.