APLning ikki klubi A Seriya futbolchisini kuzatmoqda

"Udineze" markaziy yarim himoyachisi Artyur Atta faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, frantsiyalik futbolchining xizmatlariga APLning ikki vakili — "Nyukasl" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko'ra, "Udineze" o'z o'yinchisining transferidan taxminan 40 million evro ishlab olmoqchi.
O'tgan yozda Italiya klubi yarim himoyachini "Mets"dan atigi sakkiz million evro evaziga sotib olgan edi. "Udineze" tarkibida Atta barcha musobaqalarda 34 ta o'yin o'tkazib, raqiblar darvozasini olti bor ishg'ol etdi va to'rtta golli uzatma muallifiga aylandi.
Futbolchining "Udineze" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar