APLning ikki grandi Oliseni nishonga oldi

"Bavariya"ning 23 yoshli frantsiyalik hujumchisi Maykl Olise Angliya Premer-ligasining ikki etakchi klubi e'tiborini tortmoqda. Bu haqda insayder Kristian Falk ma'lum qildi.
Manba xabariga ko'ra, Olisega "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda. Aytilishicha, agar futbolchi uchun taklif 100 million evrodan oshsa, "Bavariya" uni ko'rib chiqishi mumkin. Biroq hozirgi vaqtda "Bavariya" baribir vingerni jamoada saqlab qolishni va u bilan yangi shartnoma tuzishga urinmoqda.
Joriy mavsumda Olise barcha musobaqalarda sakkizta o'yinda ishtirok etib, to'rtta gol urdi va to'rtta gol uzatmasini amalga oshirdi.