APLning ikki grand klubi Tchuameniga ko'z tikdi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Fichajes nashriga ma'lum bo'lishicha, 26 yoshli frantsiyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun APLning birdaniga ikki klubi jiddiy kurash olib bormoqda. Gap "Liverpul" va "Tottenxem" haqida ketmoqda. Ta'kidlanishicha, "shporlar" "Real"ga 100 million evrolik o'z taklifini berib bo'lgan.
Tchuameni "Real" safida 2022 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Ushbu mavsumda xavbek barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Tchuamenining "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.