APLning ikki grand jamoasi "Barselona"dan Arauxoni sotib olmoqchi

"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo Angliya Premer-ligasi klublari qiziqish doirasida qolmoqda.
26 yoshli futbolchining transferiga "Liverpul" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Football Insider. Ikkala ingliz grandi ham 2026 yilda urugvaylik futbolchini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, ammo "ko'k-anorranglilar"ni yanvarda futbolchini sotishga ko'ndira olmaydi.
Ronald Arauxoning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt saytida uning taxminiy narxi - 35 mln evro.
Arauxo joriy mavsum Xans-Diter Flik jamoasining 7 ta o'yinida maydonga tushib, 1 ta gol urgan.