Sports Illustrated jurnalistlari Angliya Premer-ligasi klublarining eng yomon yozgi transferlari reytingini tuzdi. Unda birinchi o'rinni 125 million evro evaziga "Liverpul"ga o'tgan germaniyalik yarim himoyachi Florian Virts egalladi.

Ikkinchi pog'onadan mersisaydliklarning yana bir yangi futbolchisi - qanot himoyachisi Milosh Kerkez joy oldi. Top-3ni Londonning "Chelsi" klubi vingeri Jeymi Gittens yakunlab berdi.

Shuningdek, APLning yozgi transferlar reytingidagi eng yomon transferlar o'nligidan Aleksandr Isak ("Liverpul"), Jeyms Trafford ("Manchester Siti"), Jan-Kler Todibo ("Vest Xem"), Mads Xermansen ("Vest Xem"), Entoni Elanga ("Nyukasl") va Terno Barri ("Everton") joy oldi.