«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh APL 30-turi doirasidagi «Aston Villa»ga qarshi o'yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi: Kazemiro va Mateus Kunyaning gollariga assistentlik qildi.

Portugaliyalik futbolchi Premer-liganing joriy mavsumidagi 15 va 16-assistlarini qayd etdi va Devid Bekxem tomonidan 1999/2000 yilgi mavsumda o'rnatilgan «MYu» futbolchilarining chempionatdagi golli uzatmalar rekordini yangiladi.

Shuningdek, Brunu APLning ushbu mavsumida eng yaxshi assistent bo'lib turibdi. Uning eng yaqin ta'qibchisi Rayan Sherki hisobida 8 ta golli uzatma mavjud.