"RB Leyptsig"ning 22 yoshli frantsiyalik hujumchisi Kastello Lukeba Angliya premer-ligasi klublari radarida turibdi.

Jurnalist Mark Brusning ta'kidlashicha, hujumchi uchun kurash "Liverpul," "Chelsi," "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" o'rtasida kechadi.

Lubeka joriy mavsum barcha musobaqalarda ettita o'yinda maydonga tushdi, biroq biror marta raqib darvozasini ishg'ol eta olmadi. Ammo hujumchi hisobida bitta samarali uzatma bor.

Frantsuzning "RB Leyptsig" bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining narxi 40 million evroni tashkil etadi.