APLning 9 ta jamoasi evrokuboklarda o'ynaydi

«Kristal Pelas» o'z tarixidagi ilk evrokubok sovrinini nishonlamoqda. Londonliklar Konferentsiyalar ligasi finalida «Rayo Valekano»ni minimal hisobda (1:0) mag'lub etib, turnir g'olibiga aylanishdi.
Shu tariqa, «Kristal Pelas» nafaqat sovrinni qo'lga kiritdi, balki 2026/2027 yilgi mavsum uchun Evropa ligasiga yo'llanmani ham naqd qildi. Ta'kidlash joizki, «burgutlar» Premer-ligada 15-o'rinni egallab, chempionat orqali evrokuboklarga chiqa olmagandi.
Kelgusi mavsumda Angliya Premer-ligasidan to'qqizta jamoa evrokuboklarda ishtirok etadi:
-
Chempionlar ligasi: «Arsenal», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Aston Villa», «Liverpul».
-
Evropa ligasi: «Bornmut», «Sanderlend», «Kristal Pelas».
-
Konferentsiyalar ligasi: «Brayton».