APLning 4 ta grandi 115 million evrolik hujumchiga ko'z tikdi

«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi Angliya Premer-ligasi grandlarining e'tiborini tortmoqda.
BBC xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchi uchun da'vogarlar safida «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Arsenal» va «Chelsi» klublari bor. «Giloslar» yosh iqtidor egasi bilan xayrlashishni istamayapti, shu sababli xaridorlarni cho'chitib yuborish uchun unga 100 million funt sterling (115 million evrodan ortiq) miqdoridagi ulkan narx belgiladi.
Eli Junior Krupi yakunlangan Angliya chempionatida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol muallifi bo'ldi. Frantsuz futbolchisining «Bornmut» bilan shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan, uning Transfermarkt portalidagi bozor qiymati esa 40 million evroni tashkil qiladi.