APLning 3 klubi "Kristal Pelas" to'purarini sotib olmoqchi

"Kristal Pelas" markaziy hujumchisi Jan-Filipp Mateta qishda "burgutlar" safini tark etishi mumkin. Futbolchiga APLning uchta klubi qiziqish bildirgan.
Caughtoffside xabariga ko'ra, 28 yoshli frantsuz "Lids", "Nyukasl" va "Aston Villa"ning transfer maqsadiga aylangan. Ushbu klublar qishki transfer oynasida Mateta uchun "Kristal Pelas"ga rasmiy taklif bilan chiqmoqchi.
Qayd etilishicha, "burgutlar" rahbariyati o'z forvardini 46 mln evroga baholamoqda. O'tgan mavsumda Mateta "Kristal Pelas" safida 46 ta o'yinda 17 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Joriy Angliya chempionatida frantsiyalik futbolchi uch turda bitta gol urdi. Matetaning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.