«Arsenal»ning chempionlik uchun kurashdagi yaqin ta'qibchilari bilan oradagi farqi qisqardi.

APLning 26-turida «to'pchilar» «Brentford» bilan durang o'ynashdi (1:1). O'z navbatida, «Manchester Siti» «Fulxem»ni mag'lub etdi (3:0), «Aston Villa» esa «Brayton»dan ustun keldi (1:0).

«Arsenal» 57 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. U ikkinchi o'rinda borayotgan «Manchester Siti»ni 4 ochkoga, «Aston Villa»ni esa 7 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kuchli o'nlik quyidagicha ko'rinish olgan:

O'rin Jamoa O'yin To'plar nisbati Ochko
1 Arsenal 26 50:18 57
2 Manchester Siti 26 54:24 53
3 Aston Villa 26 37:27 50
4 Manchester Yunayted 26 47:37 45
5 Chelsi 26 47:30 44
6 Liverpul 26 41:35 42
7 Brentford 26 40:35 40
8 Everton 26 29:30 37
9 Bornmut 26 43:45 37
10 Nyukasl Yunayted 26 37:37 36