APLda uzatmalar berish bo'yicha etakchi futbolchi nomi e'lon qilindi

"Liverpul" himoyachisi va etakchisi Virgil van Deyk APLning joriy mavsumida eng ko'p uzatma bergan futbolchiga aylandi. Talksport taqdim etgan statistikaga ko'ra, uning hisobida hozircha yakunlanmagan mavsum davomida 2 144 ta uzatma mavjud.
Reytingning ikkinchi va uchinchi pog'onalarini ham markaziy himoyachilar egallab turibdi. Bular Lyuis Dank ("Brayton", 2 109 ta uzatma) va Trevo Chaloba ("Chelsi", 1 943 ta uzatma).
To'rtinchi o'rin ham yana bir himoyachi — "Fulxem" a'zosi Yoakim Andersenga (1 869 ta uzatma) nasib etdi. Reytingga yakun yasovchi beshinchi o'rindan nihoyat yarim himoyachi joy oldi — Elliot Andersen. "Nottingem Forest" futbolchisi mavsumning o'tgan davri mobaynida 1 855 ta uzatmani amalga oshirgan.