APLda qiziqarli transfer rekordi o'rnatildi

Angliya Premer-ligasida diqqatga sazovor transfer rekordi qayd etildi.
22 iyul holatiga ko'ra, APLda transfer summasi 100 million funt sterlingdan (115 million evro) oshadigan uchta transfer amalga oshirib bo'lindi. Bular — Sandro Tonalining «Nyukasl»dan «Tottenhem»ga, Elliot Andersonning «Nottingem Forest»dan «Manchester Siti»ga va Morgan Rojersning «Aston Villa»dan «Chelsi»ga o'tishidir.
BBC nashrining qayd etishicha, ilgari hech qachon bunday holat kuzatilmagan. Transfer oynasi yopilguniga qadar bunday yirik bitimlar soni yanada ortishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 2025 yilning yozida APLda shunday ikkita transfer amalga oshirilgan edi: Florian Virts «Bayer»dan, Aleksander Isak esa «Nyukasl»dan «Liverpul»ga ko'chib o'tgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar