Angliya Premer-ligasida chempionlik poygasi bilan bir qatorda, kelgusi mavsumda Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini beruvchi 4-o'rin uchun ham ayovsiz kurash ketmoqda. Opta superkompyuteri jamoalarning qolgan o'yinlari va joriy formasidan kelib chiqib, kuchli to'rtlikka kirish imkoniyatlarini foizlarda hisoblab chiqishdi.

Tahlil natijalari quyidagicha:

Jamoa nomi 4-o'rinni egallash imkoniyati
«Chelsi» 26,7%
«Liverpul» 25%
«Manchester Yunayted» 20%
«Aston Villa» 15,1%

Ko'rib turganingizdek, matematik modellar ayni damda londonliklarni favorit sifatida ko'rsatmoqda. Biroq «Liverpul» va «MYu» orasidagi farq juda kichik bo'lib, har bir turdan keyin vaziyat tubdan o'zgarib ketishi mumkin.