APLda og'zini qo'li bilan to'sganlik uchun futbolchilar maydondan chetlatilmaydi
Jahon chempionati vaqtida ancha shov-shuvga sabab bo'lgan hamda og'zini qo'li bilan to'sgan futbolchilarni jazolashni ko'zda tutgan qoida Angliya Premer-ligasida qo'llanilmaydigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionatida xuddi shunday vaziyat uchun bir yo'la ikki futbolchi — paragvaylik Migel Almiron hamda ekvadorlik Pero Inkape maydondan chetlatilgan edi. Jud Bellingem esa, aksincha, Ganaga qarshi o'yinda jazolanmagan — hakam maydondagi vaziyatni nizoli emas deb topgan edi.
Shunga o'xshash shov-shuvli epizod o'tgan Chempionlar ligasining fevral oyidagi «Benfika» va «Real» o'rtasidagi o'yinida ham yuz bergan edi. O'shanda lissabonliklarning himoyachisi Janluka Prestiani Vinisius bilan tortishuvda kaftini og'ziga qo'ygan, shundan so'ng u gomofobiyada ayblanib diskvalifikatsiya qilingan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar