APLda oyning eng yaxshi murabbiyi sovriniga da'vogarlar ma'lum bo'ldi.

Noyabr oyi yakunlari bo'yicha mukofotga 6 nafar mutaxassis tavsiya etildi.

Mikel Arteta ("Arsenal") - 4 o'yin, 2 g'alaba, 2 durang, to'plar nisbati - "+5";

Unai Emeri ("Aston Villa") - 4 o'yin, 3 g'alaba, 1 mag'lubiyat, to'plar nisbati - "+4";

Pep Gvardiola ("Manchester Siti") - 4 o'yin, 3 g'alaba, 1 mag'lubiyat, to'plar nisbati - "+5";

Fabian Xyurtseler ("Brayton") - 4 o'yin, 3 g'alaba, 1 durang, to'plar nisbati - "+6."

Entso Mareska ("Chelsi") - 4 o'yin, 3 g'alaba, 1 durang, to'plar nisbati - "+6";

Marku Silva ("Fulxem") - 4 o'yin, 3 g'alaba, 1 mag'lubiyat, to'plar nisbati - "+3."

Mukofot sohibi muxlislar va ekspertlarning ovoz berish natijalariga ko'ra aniqlanadi.