APLda mavsumning eng yaxshi transferi aniqlandi

«Manchester Yunayted»ning 23 yoshli darvozaboni Senne Lammensning transferi muxlislar o'rtasida o'tkazilgan ovoz berish natijalariga ko'ra, yakunlangan mavsumda Angliya Premer-ligasidagi eng yaxshi o'tish deb topildi.
Darvozabon 2025 yilning sentyabr oyida «Antverpen»dan mankunianliklar safiga 21 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi. O'tgan mavsumda belgiyalik futbolchi APLda 32 ta o'yin o'tkazib, 39 ta gol o'tkazib yubordi va 8 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ushbu nominatsiyada g'oliblik uchun quyidagi o'yinchilar ham da'vogarlik qilishgan edi: Dominik Kalvert-Lyuin («Lids»), Rayan Sherki («Manchester Siti»), Viktor Dokeresh («Arsenal»), Joao Pedro («Chelsi»), Antuan Semeno («Manchester Siti»), Adrien Tryuffer («Bornmut») va Granit Jaka («Sanderlend»).