Premer-liganing mart oyi yakunlariga ko'ra «Eng yaxshi futbolchi» sovrini uchun 7 nafar o'yinchi nomzod qilib ko'rsatildi:

  • Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») – 2 ta g'alaba, 1 ta durang, 1 ta mag'lubiyat, 2 ta gol, 4 ta golli uzatma;

  • Djeyms Garner («Everton») – 2 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat, 2 ta golli uzatma;

  • Morgan Gibbs-Uayt («Nottingem Forest») – 1 ta g'alaba, 2 ta durang, 1 ta mag'lubiyat, 3 ta gol;

  • Entoni Gordon («Nyukasl») – 3 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat, 3 ta gol;

  • Aleks Ivobi («Fulxem») – 2 ta g'alaba, 1 ta durang, 1 ta mag'lubiyat, 1 ta gol;

  • David Rayya («Arsenal») – 3 ta g'alaba, 2 ta quruq o'yin, 9 ta seyv;

  • Denni Uelbek («Brayton») – 3 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat, 3 ta gol.

G'olib nomi muxlislar va ekspertlar o'rtasida o'tkaziladigan ovoz berish natijalariga ko'ra aniqlanadi.