APLda kim eng ko'p gol uradi? Ro'yxatda Xoland peshqadam

Norvegiyalik futbolchi Erling Xoland joriy asrda Angliya chempionati o'yinlaridagi o'rtacha sermahsullik bo'yicha birinchi o'rinni egalladi. Bu haqda PopFoot nashri xabar bermoqda.
O'tkazilgan hisob-kitoblarga ko'ra, Xolandning ko'rsatkichi 0,85 ni tashkil etmoqda (126 o'yinda 107 ta gol). Ikkinchi o'rin Londonning «Arsenal» klubi afsonasi Terri Anriga nasib etdi — 0,68 (259 o'yinda 175 ta gol). Kuchli uchlikni esa «Manchester Siti»da porlagan Serxio Aguero yakunlab berdi, uning ko'rsatkichi 0,67 (275 o'yinda 184 ta gol).
Shuningdek, kuchli o'ntalikdan quyidagi futbolchilar joy oldi:
-
Xarri Keyn (0,67; 320 o'yinda 213 ta gol);
-
Rud van Nistelroy (0,63; 150 o'yinda 95 ta gol);
-
Luis Suares (0,63; 110 o'yinda 69 ta gol);
-
Muhammad Saloh (0,59; 323 o'yinda 191 ta gol);
-
Aleksandr Isak (0,58; 96 o'yinda 56 ta gol);
-
Zlatan Ibrahimovich (0,52; 33 o'yinda 17 ta gol);
-
Robin van Persi (0,51; 280 o'yinda 144 ta gol).