«Nyukasl» afsonasi Alan Shirer an'anaga ko'ra APLda hafta ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Premer-liga matbuot xizmati futbolchilar ro'yxati bilan bo'lishdi:

  • Darvozabon: Bernd Leno («Fulxem»);

  • Himoyachilar: Jeyms Jastin («Lids»), Virgil van Deyk («Liverpul»), Eyden Xeven («Manchester Yunayted»), Adrien Tryuffer («Bornmut»);

  • Yarim himoyachilar: Bernardu Silva, Rayan Sherki (ikkalasi ham — «Manchester Siti»), Morgan Gibbs-Uayt («Nottingem Forest»), Xavi Simons («Tottenxem»);

  • Hujumchilar: Erling Xoland («Manchester Siti»), Olli Uotkins («Aston Villa»).

Ushbu jamoaga «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola bosh murabbiy etib tayinlandi. Uning jamoasi omadi kelmagan «Arsenal»ni mag'lub etib (2:1), APL chempionligi sari juda muhim qadamni tashladi.