APLda oyning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da'vogarlar nomi ma'lum bo'ldi. Avgust oyi yakunlari bo'yicha mukofotga 8 nafar futbolchi da'vogarlik qilmoqda.

Rikkardo Kalafori ("Arsenal") - 2 g'alaba, 1 mag'lubiyat, 1 gol, 2 assist;

Ugo Ekitike ("Liverpul") - 3 g'alaba, 2 gol, 1 assist;

Jek Grilish ("Everton") - 2 g'alaba, 1 mag'lubiyat, 4 assist;

Mark Gexi ("Kristal Pelas") - 1 g'alaba, 2 durang, 2 quruq o'yin;

Erling Holand ("Manchester Siti") - 1 g'alaba, 2 mag'lubiyat, 3 gol;

Joao Pedro ("Chelsi") - 2 g'alaba, 1 durang, 2 gol, 2 assist;

Entone Semeno ("Bornmut") - 2 g'alaba, 1 mag'lubiyat, 2 gol, 1 assist;

Dominik Soboslai ("Liverpul") - 3 g'alaba, 1 gol.

Mukofot sohibi muxlislar va ekspertlarning ovoz berish natijalariga ko'ra aniqlanadi. Natijalar 12 sentyabr kuni ma'lum bo'ladi.