Angliya Premer-ligasida ettinchi o'rinni egallagan jamoa kelgusi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega. Bu haqda The Touchline nashri UEFA ma'lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda. To'g'ri, bunday stsenariy amalga oshishi uchun ko'plab omillar bir nuqtada kesishishi kerak.

Buning uchun «Liverpul» Chempionlar ligasida g'olib chiqishi va APLda 5-6 o'rinlardan birini egallashi lozim. Shu bilan birga, «Aston Villa» Evropa ligasida zafar quchishi va APLda 5-6 o'rinlarni band etishi kerak bo'ladi.

Ma'lumki, Angliya joriy mavsumdagi yaxshi klublar koeffitsienti evaziga kelgusi mavsum uchun Chempionlar ligasiga yana bir qo'shimcha yo'llanmani qo'lga kiritishi kutilmoqda.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasida APLning ikki jamoasi — «Liverpul» va «Arsenal» kurashni davom ettirmoqda.