Angliya chempionati 30-turida "Vest Xem" o'z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qilib 1:1 hisobida durang o'ynadi.

SofaScore talqiniga ko'ra mazkur bahsning eng yaxshi futbolchisi sifatida mezbonlarning yagona goliga mualliflik qilgan himoyachi Konstantinos Mavropanos e'tirof etildi. U portal tomonidan 8,7 ballga loyiq ko'rilgan.

"Siti" safida eng yaxshi futbolchi sifatida Bernardu Silva qayd etildi - 7,8 ball.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanovning o'yini 6,7 ballga baholandi. U gol bilan yakunlangan burchak zarbasiga sababchi bo'lgan edi.

Manba: www.stadion.uz.