APL va La Liga futbolchilaridan iborat jamoa — Kongo JCh-2026 uchun tarkibini e'lon qildi

O'zbekiston terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati “K” guruhidagi raqibi Kongo Demokratik Respublikasi mundial uchun qaydnomasini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatdan Angliya Premer Ligasi, Ispaniya La Ligasi va Frantsiya chempionati jamoalarida faoliyat yurituvchi futbolchilar o'rin olgan.
Darvozabonlar
Timoti Fayulu — “Noa”
Lionel Mpasi — “Gavr”
Mattyu Epolo — “Standard Lej”
Himoyachilar
Aaron Van-Bissaka — “Vest Hem”
Gedeon Kalulu — “Aris”
Shansel Mbemba — “Lill”
Stiv Kapuadi — “Uidzev Lods”
Aksel Tuanzebe — “Byornli”
Dilan Batubinsika — “Larissa”
Roki Bushiri — “Hibernian”
Artur Masuaku — “Lans”
Joris Kaembe — “Genk”
Yarim himoyachilar
Samuel Mutussami — “Atromitos”
Ngalael Mukau — “Lill”
Gael Kakuta — “Larissa”
Sharl Pikel — “Espanyol”
Noa Sadiki — “Sanderlend”
Edo Kaembe — “Uotford”
Hujumchilar
Teo Bongonda — “Spartak Moskva”
Natanael Mbuku — “Monpele”
Sedrik Bakambu — “Betis”
Simon Banza — “Al-Jazira”
Fiston Maele — “Piramids”
Brayan Sipenga — “Kastelyon”
Yoan Vissa — “Nyukasl”
Meshak Elia — “Alanyaspor”
Ma'lumot uchun, Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasini 2022-yildan beri frantsiyalik mutaxassis Sebastyan Desabr boshqaradi.
Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi ilk o'yinini Meksikada o'tkazadi, qolgan ikki uchrashuv esa AQShdagi stadionlarda bo'lib o'tadi. “Oq bo'rilar” 18 iyun kuni birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvga Meksika poytaxtidagi “Atsteka” stadioni mezbonlik qiladi. Jamoa ikkinchi tur doirasida 23 iyun kuni Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi bilan o'ynaydi. Mazkur bellashuv AQShdagi “Xyuston” stadionida o'tkazilishi belgilangan. Guruhdagi so'nggi uchrashuv 28 iyun kuni “Atlanta” stadionida Kongoga qarshi bo'lib o'tadi.
O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun 26 may kuni Toshkent – Nyu York yo'nalishida uchib ketadi. Kannavaro jamoasi 1 iyun kuni Kanada bilan, 8 iyun sanasida esa Niderlandiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.