APL. "Tottenxem" "Sanderlend"ga mag'lub bo'ldi

"Sanderlend" APL 32-turidan o'rin olgan uchrashuvda o'z maydonida "Tottenxem"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuvdagi yagona golni 61-daqiqada mezbonlar himoyachisi Nordi Muqiele kiritdi.
"Sanderlend" 46 ochko jamg'arib, Angliya chempionati turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi, "Tottenxem" esa 30 ochko bilan 18-o'rinda bormoqda.
32-turning parallel uchrashuvida "Kristal Pelas" "Nyukasl"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.