«Tottenxem» Angliya chempionatining 36-turi doirasida o'z maydonida «Lids» bilan durang o'ynadi — 1:1.

Ikkinchi bo'lim boshida mezbonlar safida Matis Tel gol urdi. 74-daqiqada mehmonlar Dominik Kalvert-Lyuin tomonidan aniq amalga oshirilgan penalti evaziga muvozanatni tiklashdi.

Hakam ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 13 daqiqa qo'shib berdi.

«Tottenxem» 38 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi. Mavsum yakunini ikki tur qolganida, xavfli hududda borayotgan «Vest Xem» bilan oradagi farq ikki ochkoni tashkil etmoqda. «Lids» esa 44 ochko bilan 14-pog'onadan joy olgan.

Navbatdagi turda «shporlar» safarda «Chelsi» mehmoni bo'lishadi, «Vest Xem» esa «Nyukasl» bilan kuch sinashadi.

«TOTTENXEM» — «LIDS» — 1:1

Gollar: Matis Tel 50 (1:0), Dominik Kalvert-Lyuin 74-pen (1:1).

«Tottenxem»: Kinski, Danso, van de Ven, Udodji (Spens, 85), Porro, Palinya, Bentankur (Bergvall, 81), Gallaxer, Tel (Meddison, 85), Kolo Muani, Risharlison.

«Lids»: Darlou, Biyol, Streyk (Bornau, 56), Rodon, Ampadu, Shtax, Tanaka (Longstaff, 90+3), Djastin, Djeyms (Nmecha, 63), Kalvert-Lyuin, Aaronson (Nonto, 63).

Ogohlantirishlar: Danso (41), Palinya (66), Porro (82) — Rodon (79).

Manba: www.stadion.uz.