Angliya Premer-ligasining top-klublari Bundesliganing asosiy iqtidorini kuzatmoqda.

Transferlar bozoriga ixtisoslashgan sport jurnalisti Pit Rurk "Chelsi," "Liverpul" va "Manchester Yunayted" vakillari joriy mavsum boshida Germaniya chempionatida sensatsiya bo'lgan "Kyoln" a'zosi, 19 yoshli Said Al-Malani juda sinchkovlik bilan kuzatayotganini ma'lum qildi.

Uning transfer narxi Transfermarkt saytida 18 million evroga baholanmoqda.

Bu mavsumda Said El-Mala "Kyoln" safida barcha musobaqalarda 11 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.