APL 20-turida "Vulverxempton" o'z maydonida "Vest Xem" ustidan yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Gollarga Arias, Xvan Xi Chxan va Mane mualliflik qilishdi.

"Bo'rilar" chempionatdagi ilk g'alabasiga erishdi. Ularning hisobida 6 ochko bor (20-o'rin). "Bolg'achilar" 14 ochko bilan 18-o'rinda.

Vulverxempton - Vest Xem - 3:0

Gollar: Arias, 4 (1:0). Xvan Xi Chxan, 31 - penaltidan (2:0). Mane, 41 (3:0)

Vulverxempton: Joze Sa, Moskera, Kreychi, S. Bueno, Gomes (Andre, 46), Arias, Mane (Chireva, 86), U. Bueno, Chachua, Xvan Xi Chxan (Larsen, 61), Arokodare (Volfe, 88)

Vest Xem: Areola, Kilman, Mavropanos, Skarlz, Uoker-Piters, Magassa (Mayers, 46), Potts (Souchek, 46), Fernandesh, Sammervill, Bouen, Uilson

Ogohlantirishlar: Chachua, 85

Manba: www.stadion.uz.