APL o'yinidan keyin ommaviy otishma uyushtirishni rejalashtirgan muxlis hibsga olindi.

Voqea «Stemford Brij» yaqinida «Chelsi»ning Angliya chempionatining 3-turida «Fulxem»ga qarshi o'yinidan (2:0) keyin sodir bo'lgan.

Politsiya ommaviy otishma uyushtirmoqchi bo'lgan muxlisni hibsga oldi, deb yozadi Tommi Robinson.

Aytilishicha, muxlis o'qotar qurol bilan qurollangan va yonida qo'shimcha o'q-dorilar bo'lgan. U dubulg'a va o'q o'tkazmaydigan jilet kiygan edi.

Hozircha bu holat yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.