Angliya chempionatining 19-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Vulverxempton" o'yinida kuchlar teng keldi - 1:1. O'yin Manchesterdagi "Old Trafford" stadionida bo'lib o'tdi.

27-daqiqada Joshua Zirkzee hisobni ochdi. Tanaffus oldidan mehmonlar javob to'pini kiritishdi - himoyachi Ladislav Kreychi.

"Manchester Yunayted" ochkolarini 30taga etkazib, APL turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda. "Vulverxempton" esa so'nggi o'rinda bormoqda - 3 ochko.

Manchester Yunayted - Vulverxempton - 1:1

31 dekabr, 01:15. Old Trafford

Gollar: Zirkze, 27 (1:0). Kreychi, 45 (1:1)

Manchester Yunayted: Lammens, Martines, Xeven (Yoro, 75), Shou, Dalot, Kazemiru, Ugarte (Mantato, 75), Zirkze (Fletcher, 46), Kunya, Dorgu, Sheshko

Vulverxempton: Joze Sa, Doerti, Kreychi, Moskera, Gomes, Arias (Volfe, 90+5), Mane, Bueno, Chachua, Xvan Xi Chxan (Lopes, 88), Arokodare (Larsen, 65)

Ogohlantirishlar: Chachua, 63. Larsen, 90

Manba: www.stadion.uz.