Biroz oldin Angliya Premer-ligasi 20-turida «Manchester Yunayted» safarda «Lids» mehmoni bo'ldi.

Bellashuv 1:1 hisobida yakuniga etdi. Dastlab mezbonlar safida Aaronson hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o'tib, Kunya muvozanatni tikladi.

Natida Amorim jamoasi ochkolari sonini 31 taga etkazib, 5-o'ringa ko'tarildi. «Lids» esa 22 ochko bilan 16-pog'onada.