APL murabbiylari orasida Pep Gvardiola 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga qaramay, mavsum oxirida "Manchester Siti"ni tark etishi haqida fikrlar bor, deb yozadi The Times.

Qayd etilishicha, Premer-liga top-klubi murabbiylaridan biri rahbariyatga kataloniyalik mutaxassis joriy mavsum yakunlangach, "Siti"ni tark etishini aytgan.

Gvardiola "Manchester Siti"da 2016 yilning yozidan beri ishlab kelmoqda.