APL. “Liverpul” “Nottingem” bilan o'yin davomida ikki marotaba hisobda ortda qola turib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi

24-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Dan Ndoye hisobni ochdi. 31-daqiqada Florian Virtc javob to'pini kiritdi, ammo ofsayd tufayli gol bekor qilindi.
Tanaffusdan so'ng Aleksandr Isak hisobni tenglashtirdi, biroq 10 daqiqadan so'ng Morgan Gibbs-Uayt penaltini amalga oshirdi va "Nottingem"ni yana oldinga olib chiqdi.
Biroq, 82-daqiqada Viktor Munos yana hisobni tenglashtirdi - 2:2.


Kommentariyalar