Angliya chempionatining 23-turida "Liverpul" safarda "Bornmut"ga imkoniyatni boy berdi - 2:3.

Uchrashuvning 33-daqiqasidayoq mezbonlar 2:0 hisobida oldinga o'tib olishgan edi - Evanilson va Alexandro Ximenes o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Mehmonlar Virjil van Deyk va Dominik Soboslaining gollari evaziga javob qaytardi. 90+5-daqiqada Amin Adli "Bornmut"ga g'alaba keltirdi.

"Liverpul" APLdagi 10 o'yindan iborat (4 g'alaba va 6 durang) mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berdi. Arne Slot jamoasi 36 ochko bilan musobaqa jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. "Bornmut" ochkolarini 30taga etkazib, 13-pog'onaga joylashgan.

Bornmut - Liverpul - 3:2

Gollar: Evanilson, 26 (1:0). Ximenes, 33 (2:0). van Deyk, 45 (2:1). Soboslai, 80 (2:2). Adli, 90+5 (3:2)

Bornmut: Petrovich, Senesi, Xill, Tryuffer, Smit, Kuk, Skott, Krupi (Kristi, 67), Adli, Ximenes (Tot, 85), Evanilson (Enes Yunal, 90+3)

Liverpul: Alisson, Gomes (Endo, 35), van Deyk, Kerkez (Robertson, 46), Frimpong (Djons, 59), Makallister (Ekitike, 59), Gravenberx, Virts, Soboslai, Salax, Gakpo (Ngumoxa, 74)

Ogohlantirishlar: Krupi, 45 - Gravenberx, 90

Manba: www.stadion.uz.