Angliya chempionatining 3-turida "Kristal Pelas" safarda "Aston Villa"ga imkoniyatni boy berdi - 3:0.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Jan-Filip Mateta penaltidan hisobni ochdi. 68-daqiqada Mark Gexi mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qilgan bo'lsa, yana o'n daqiqa o'tib Ismoil Sarr hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

Ushbu o'yindan so'ng "Kristal Pelas" 5 ochko bilan APL turnir jadvalida 8-o'rinda bormoqda. "Aston Villa" mavsum startida atigi 1 ochko jamg'arib, so'nggi o'rindan bir pog'ona oldingi, 19-o'rinda bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.