APL klublari "Yuventus" hujumchisiga e'tibor qaratishmoqda

«Yuventus» klubi kanadalik hujumchi Jonatan Devidni yozgi transfer oynasida sotishga tayyor. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, agar turinliklar yangi top-hujumchi bilan shartnoma imzolashsa va Dushan Vlaxovich bilan kelishuvni uzaytirishsa, 26 yoshli futbolchini qo'yib yuborishadi. Bu haqda Angliya Premer-ligasining quyidagi klublari allaqachon xabardor qilingan: «Manchester Yunayted», «Aston Villa», «Nyukasl», «Tottenxem», «Brayton», «Everton», «Sanderlend», «Nottingem Forest» va «Lids».
Joriy mavsumda Devid barcha turnirlarni hisobga olgan holda 37 ta o'yinda ishtirok etdi, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.