APL klubi Vargasni nishonga oldi

Ispaniyaning "Sevilya" klubi vingeri Ruben Vargas faoliyatini "Lids"da davom ettirishi mumkin.
Manbaga ko'ra, "Lids" 27 yoshli shveytsariyalik futbolchining transferi bo'yicha "Sevilya"ga taklif berishga tayyorlanmoqda. Angliya premer-ligasi vakili 20 million evrolik taklif yuborishi kutilmoqda.
Vargas joriy mavsum Ispaniya chempionatida 12 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo'yishga erishdi.
Vargasning "Sevilya" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 12 mln evroga baholamoqda.