APL klubi Rahim Sterlingni qo'lga kiritmoqchi

"Chelsi" hujumchisi Rahim Sterling yozgi transferlar oynasining so'nggi soatlarida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "Fulxem" 30 yoshli Sterling bo'yicha muzokaralarni qayta boshlagan.
Sterling - "Fulxem" uchun hujum pozitsiyasini kuchaytirish variantlaridan biri. Shuningdek, londonliklar "Shaxtyor"dan Kevin bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, ammo futbolchi bilan hali kelishuvga erishilmagan. "Milan" futbolchisi Samuel Chukvueze bo'yicha ham muzokaralar olib borilmoqda.
Rahim Sterling o'tgan mavsumda "Arsenal"da ijarada o'ynagan, shundan so'ng "Chelsi"ga qaytgandi. Shu bilan birga, Entso Mareska futbolchini rejalariga kiritmagan.