APL klubi frantsiyalik himoyachi uchun taklif tayyorlamoqda

Angliya Premer-ligasining nomi oshkor etilmagan klubi yaqin vaqt ichida Umar Solening transferi bo'yicha «Udineze»ga rasmiy taklif yubormoqchi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Udineze» 26 yoshli himoyachi uchun 30 million evro olmoqchi, biroq Angliyadan tayyorlanayotgan taklifning aniq summasi hozircha oshkor etilmayapti.
2025/26 yilgi mavsumda Sole barcha turnirlarda 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Solening Italiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari frantsiyalik futbolchini 23 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar