APL klubi «Chelsi» forvardi Delap uchun kurashda etakchilik qilmoqda

«Chelsi» hujumchisi Liam Delap faoliyatini «Everton»da davom ettirishi mumkin. TEAMtalk xabariga tayanib Transfer News Live nashrining ma'lum qilishicha, aynan «iriskalar» 23 yoshli futbolchi uchun kechayotgan kurashda etakchilik qilmoqda. «Nyukasl» va «Lids» ham forvard bo'yicha muzokaralarni qayta boshlagan, «Brayton» va «Fulxem» esa vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.
«Chelsi» Liam Delapni sotishga tayyor va imkon qadar tezroq xaridor topmoqchi. Futbolchining bozor qiymati Transfermarkt bahosiga ko'ra 28 mln evroni tashkil etadi, uning londonliklar bilan shartnomasi esa 2031 yilgacha mo'ljallangan. Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda poytaxt grandi Delapni «Ipsvich»dan 35 mln evrodan ortiq mablag'ga sotib olgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar