AQSh terma jamoasi va "PSV Eyndxoven" hujumchisi Rikardo Pepi hali ham Angliya Premer-ligasida faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega, deb xabar berdi jurnalist Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida.

"PSV" "Fulxem"ning 30 million evrolik taklifini rad etishiga qaramay, London klubi Pepini sotib olishdan manfaatdor.

Manbaning ta'kidlashicha, hujumchini sotib olishga boshqa bir qancha ingliz klublari ham qiziqish bildirmoqda, ularni ham uning yuqori narxi va qo'lidagi jarohat qo'rqitmayapti.